O‘zbekiston 121 mamlakatni o‘z ichiga olgan “Safety Perception Index 2023” – dunyoning eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi.
Manbada, O‘zbekiston fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani aytilgan.
Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy oldi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 14-, Tojikiston 17-, Qirg‘iziston 26-o‘ringa joylashtirilgan.
Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Serra-Leone va Mali davlatlari egallagan.
“Safety Perception Index” beshta faktorga e’tibor qaratadi: oziq-ovqat va suv, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog‘lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik. Ushbu omillar mamlakatlarning xavfsizlik reytingi uchun asos bo‘ladigan obrazni ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonning mazkur reytingda birinchi o‘rinda ekanligi chet ellik sayyohlarning mamlakatimizga bemalol kelib-ketishlari uchun zamin yaratadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh