Milliy PR-markazi BBC World News eng yirik telekanal bilan birgalikda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida videorolik taqdim etdi

25.09.2022 1034

Reklama videoroligini BBC World News telekanalida Yevropa, AQSH va Sharqiy Osiyoda 2 hafta davomida 132 marta chastotada namoyish etish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha Milliy PR-markazi tomonidan dunyodagi eng yirik BBC media korporatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida amalga oshirildi.

Videorolikda O‘zbekiston o‘lkasining qadimiy me’moriy obidalari, baland tog‘ cho‘qqilari va yam-yashil vodiylaridan tortib, rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy megapolisgacha bo‘lgan barcha boyliklari va o‘ziga xos jihatlari aks etgan.

BBC World News xalqaro 24 soatlik axborot va yangiliklar telekanali bo‘lib, dunyoning 200 ta davlatida efirga uzatiladi. BBC World News voqealarning har tomonlama chuqur tahlili hamda yangiliklar sharhlarini taqdim etgan holda, xalqaro xabarlar, biznes va sport yangiliklari hamda hujjatli dasturlar taklif etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing