Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Hindistondagi eng yirik xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etmoqda

21.02.2025 126

2025-yil 19-21-fevral kunlari Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan “SATTE-2025” (South Asia’s Travel & Tourism Exchange) xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etmoqda. 

Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan stendda O‘zbekistonning o‘nta yirik turoperator va agentliklari mamlakatimizning eng yangi sayyohlik yo‘nalishlari, madaniy diqqatga sazovor joylar va yangi infratuzilma obyektlari, shuningdek, hindistonlik sayyohlar uchun maxsus takliflar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma davomida xorijiy ishtirokchilar va yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, boy madaniy va tarixiy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Mamlakatimizni nafaqat Hindistonda, balki Janubiy Osiyoning barcha mamlakatlarida targ‘ib qilish va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida konferensiya va seminarlarda ishtirok etish, sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish va “B2B” uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

“SATTE” 50 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi va 40 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb etadigan Janubiy Osiyodagi yetakchi sayyohlik ko‘rgazmasi sifatida tan olingan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing