O‘zbekiston ilk bor turizm sohasidagi eng nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biri – 2026-yil 10 - 12-fevral kunlari Italiyaning Milan shahridagi “Rho Fiera Milano” yirik ko‘rgazmalar majmuasida, 9 va 11-pavilyonlarda bo‘lib o‘tadigan 46-BIT 2026 (Borsa Internazionale del Turismo) xalqaro turizm ko‘rgazmasida o‘z sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda.
Ma’lumot uchun: 40 yildan ortiq vaqt davomida “BIT” ko‘rgazmasi Italiya va xalqaro bozorlarning asosiy ishtirokchilarini birlashtirgan turizm sohasi mutaxassislari uchun namunaviy maydoncha bo‘lib kelmoqda. Har yili “BIT” minglab soha vakillarini yig‘ib, ishbilarmonlik muloqoti, sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilish va hamkorlik shartnomalarini tuzish uchun samarali platforma yaratadi.
“BIT-2026” doirasida quyidagilar ishtirok etishi kutilmoqda:
- 5 000 dan ortiq italiyalik xaridorlar (turistik agentliklar, turoperatorlar, MICE-tashkilotchilar, onlayn-turagentliklar va boshqa vositachilar),
- 2 000 dan ortiq xalqaro xaridorlar,
- 750 ga yaqin jurnalist,
- 8 000 dan ortiq turizm sohasi mutaxassislari,
- 7 000 nafarga yaqin sayohatchilar,
- 1 030 ta eksponent kompaniya,
- shuningdek, keng onlayn auditoriya: 54 000 yangiliklar tarqatmasi obunachilari va 120 000 ijtimoiy tarmoq obunachilari.
O‘zbekistonning “BIT 2026”da ishtiroki Italiyadan turistik qiziqishning barqaror o‘sishi fonida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 2024-yilda O‘zbekistonga Italiyaning 25 ming fuqarosi tashrif buyurgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 40,8 ming kishiga yetdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 163 foizlik o‘sishni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada mamlakatimizning turizm salohiyatini quyidagi o‘zbek kompaniyalari namoyish etmoqda:
- “Zumrad Travel”
- “ANUR TOUR”
- “AFSONA-SAYOHAT”
- “Silk Road Tours”
“BIT-2026” doirasida asosiy e’tibor ishbilarmonlik dasturi, G2B/B2B/B2C uchrashuvlari va Yevropa bozori uchun O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotiga qaratiladi.
O‘zbekistonning “BIT-2026” ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etishi mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlash, hamkorlik aloqalarini kengaytirish va O‘zbekistonni Italiya va umuman Yevropa bozorida istiqbolli va ko‘p qirrali sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ladi.
Izoh