O‘zbekiston ilk bor Yevropaning bir qancha davlatlarini ortda qoldirib, YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi!

07.07.2022 921

2022-yil 7-iyul kuni YUNESKOning Parijdagi navbatdagi yig‘ilishida YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro tashkilot O‘zbekistonning YUNESKOdagi istiqbolini yana bir bor e’tirof etdi. O‘zbekiston uchun ahamiyatli bo‘lgan yig‘ilishda dunyoning 180 ta davlati vakillar ishtirok etdi, mamlakatimiz Yevropaning qator davlatlari, jumladan Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Slovakiya, Estoniya kabi davlatlarni ortda qoldirib, 105 ta mamlakat ovozini to‘plagan holda o‘zib ketdi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, mamlakatimizning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi hamda Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligida sa’y-harakatlari tufayli amalga oshdi.

Shuningdek, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita tarkibiga Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo bo‘lgan 24 davlat vakillari kiritilganini ham alohida ta’kidlash joiz. Uning a’zolari 4 yil muddatga saylanadi. Shuningdek, a’zolarining yarmi har 2 yilda qayta saylanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing