Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston ilk marotaba “Danish Travel Show”da ishtirok etdi

24.02.2025 136

Turizm qo‘mitasi Daniyaning Xerning shahrida 21-23 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Skandinaviya (Shimoliy Yevropa) mintaqasidagi eng yirik turizm yarmarkasi — “Danish Travel Show”da ishtirok etdi. Mamlakatimizning turizm salohiyati ushbu tadbirda ilk bor MDH davlatlari orasida yagona ishtirokchi sifatida namoyon etildi.

Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi va turistik kompaniyalar ishtirokida tashkil qilingan mamlakatimiz stendida O‘zbekistonga ushbu mintaqadan turistlar oqimini yanada ko‘paytirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, ishtirokchilarga turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha qator taqdimotlar, boshqa mamlakatlarga turlar uyushtiradigan yirik mahalliy va xalqaro turoperatorlar bilan “G2B” va “B2B” uchrashuvlar, shuningdek, turizm marketingiga ixtisoslashgan jurnal va onlayn platformalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda 40 ga yaqin davlat, jumladan, Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka, Tayland, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Gruziya, AQSh, Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Chexiya, Slovakiya, Polsha, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Meksika, Kuk orollari, Tanzaniya, Keniya va Ugandadan 1000 dan ortiq turizmga ixtisoslashgan tashkilotlar va soha vakillari qatnashdi. Uch kun davom etgan tadbirga joriy yilda 60 000 atrofida mehmon tashrif buyurdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing