Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

O'zbekiston jahon pasportlari indeksida

08.07.2021 1102


Yetakchi xalqaro va mashxur Bloomberg biznes jurnali  Henley & Partnersdan yangi pasport indeksidagi mamlakatlarning pozitsiyasi solishtirmasini e’lon qildi.

Xalqaro indeks kompaniyasi bo‘lmish Henley&Partners- hamkorlar-investitsion immigratsiya sohasida xalqaro yetakchi bo‘lib, 200 dan ortiq mamlakatlar va hududlarning viza qoidalarini hamda Viza talab qilinmaydigan mamlakatlar soni bo‘yicha ularni tahlil qildi.


Yaponiya 193 ta davlatga erkin kirib chiqishi mumkinligi asnosida Global reytingda birinchi o‘rinni egalladi. 

Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari reytingda birgalikda 7-o‘rinni egallashdi, ushbu davlarlar pasport egalari nazariy jihatdan butun dunyo bo‘ylab 187 yo‘nalish bo‘yicha kirishlari mumkin.

Nashrning qayd etishicha, chet el safarlariga doir amaldagi cheklovlarga muvofiq, Britaniya pasporti egalari 60 dan ortiq mamlakatga - pasport vakolatlariga, O‘zbekiston fuqarolarining vakolatlari kabi teng tashrif buyurishlari mumkin. AQSh fuqarolari Ruanda fuqarolarining vakolatlari kabi teng bo‘lgan pasport vakolatlariga ega.

Henley & Partners boshqaruv kengashi raisi Kristian Kelin “global harakatlanish kamida 2021-yil davomida jiddiy ravishda to‘sqinliklarga uchrashi aniq”, deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston yangilangan Henley & Partners indeksida 91-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili mamlakat “Jahon pasporti indeksi”da 86-o‘rinni egallagan edi, deya xabar beradi Bloomberg.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing