O‘zbekiston joriy yilning bahorida rossiyaliklar uchun eng ko‘p bron qilingan yo‘nalishlar ro‘yxatida

17.02.2023 813

2023-yilda rossiyalik turoperatorlar O‘zbekistonga bahorgi turlarga talab sezilarli darajada oshganini qayd etdilar. Mamlakatimiz MDH bo‘yicha eng ko‘p bron qilingan yo‘nalishlar uchligiga kirdi. Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi may bayramlari uchun bron qilingan mashhur turlar sharhini eʼlon qildi  va joriy yilning bahorida Oʻzbekistonga sayohat qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.

Rossiyaning mashhur sayyohlik operatorlari maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil bahorida Oʻzbekistonga sayohat turlariga boʻlgan talab oʻtgan mavsumga nisbatan 10-20 foizga oshgan.

Ba‘zi Rossiya sayyohlik agentliklarining fikriga ko‘ra, reyslarning qulayligi va o‘zgaruvchanligi, kirishda kovid cheklovlarining, vizalar va til to‘siqlarining yo‘qligi, sayohat paytidagi xavfsizlik, tovarlar va xizmatlarning arzon narxlari sayyohlarning O‘zbekistonga sayohatga qiziqishini oshirishda muhim omillarga aylandi.

Bugungi kunda rossiyaliklar nafaqat may bayramlari, balki mart-aprel oylari uchun ham O‘zbekistonga sayohat turlarni bron qilishga tayyor. Bahor fasli O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uchun eng qulay vaqt hisoblanadi va ko‘plab rossiyalik turoperatorlar allaqachon qiziqarli ekskursiya dasturlarini tayyorlab, ularning turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Turizm bozori ekspertlarining fikricha, O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha bronlash hali eng yuqori nuqtasiga yetib borgani yo‘q: mart oyi o‘rtalarida talabning ortishi kutilmoqda, biroq ekspertlar hozirdanoq bu yil bahorgi turlarni bron qilishga shoshilishni maslahat berishadi, chunki mashhur shaharlar – Samarqand, Buxoro va Xivadagi arzon mehmonxonalarda mavsumning eng avjida bo‘sh joylar qolmasligi mumkin.

Shuningdek, ko‘plab sayyohlarni aviachiptalarning yuqori narxi to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, 2019-yilga nisbatan O‘zbekistonga havo qatnovi hajmining o‘zgaruvchanligi va aviareyslarning ko‘payishiga qaramay, aksariyat sayyohlar uchun belgilangan manzilga aviachiptalarning o‘rtacha narxi hamon yuqoriligicha qolmoqda.

Masalan, Rossiyaning yetakchi sayyohlik kompaniyalaridan biri FUN&SUN: - “Har ikki yo‘nalishda ham yaqin sanalarga chiptalar 450 dollardan boshlanadi”, – deya sharh beradi.

Rossiyaning yirik sayyohlik operatori Coral Travelning ichki bozor bo‘yicha direktori Alyona Gromova may oyidagi bayramlar uchun quyidagi narxlar taqsimotini keltiradi: Moskvadan O‘zbekistonga bir yo‘lovchiga har ikki yo‘nalishda havo parvozi (bagaj va qaytish narxi bilan) kamida 33 ming rubl turadi. “Аэрофлот”ning Toshkentga parvozlari uchun chiptalar har ikki tomonda ham kishi boshiga 40 ming rubldan to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar, shuningdek, 2023-yil bahorida O‘zbekistonga sayohatlarning o‘rtacha narxini ham hisoblab chiqdilar. Oʻzbekiston boʻylab ikki kishilik bir haftalik klassik tur havo qatnovi va mehmonxonada yashash bilan oʻrtacha 90 ming rubldan 158 ming rublgacha, guruhli ekskursiya turlari esa ikki kishilik havo parvozi bilan 104 ming rubldan 120 ming rublgacha turadi.

Maqola Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlandi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing