O‘zbekiston madaniy-moddiy merosi obyektlarining turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi qisqa videorolik tanlovi e’lon qilinmoqda

20.12.2021 1723

2021-yilning 16-26-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi, “Milliy PR-markazi” Mamlakatimizning moddiy madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targ‘ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatning moddiy madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targ‘ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovda ishtirokchining fuqaroligidan qatʼiy nazar, 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolar, ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarga yakka tartibda yoki jamoa sifatida qatnashishga ruxsat beriladi. Tanlov haqidagi ma’lumotlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida Turizm va sport vazirligining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.

Tanlovga materiallarni 2021-yilning taqdim etish mumkin. Unda Respublikamizning diqqatga sazovor tarixiy qadamjolari, muzeylarining salohiyati ochib berishga qaratilgan videoroliklar saralanadi.

Tanlovning maqsadi:

mamlakatning moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylari salohiyatini keng targ‘ib qilish va yoritish;

madaniy meros obyektlarini saqlash va himoya qilishga jamoatchilik rolini oshirish;

ushbu yo‘nalishda qiziquvchi hamda faoliyat olib boradigan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash;

boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xalqimiz hamda xorijliklarni xabardor etish.

Tanlov quyidagi mezonlar asosida o‘tkaziladi:

o‘ziga xoslilik;

rolikning O‘zbekiston, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlari aholisi uchun tushunarli va jozibadorligi;

rolikning madaniy meros obyekti joylashgan hududning omillari (tarixiy, madaniy, tabiiy va boshqalar) bilan uyg‘unligi;

rolikda madaniy meros obyekti jozibadorligini to‘liq ochib berishi.

Tanlovga taqdim etiladigan videorolikka qo‘yiladigan talablar:

videoroliklarning formati - AVI, MPEG-4, MP4, MOV;

videoroliklarning o‘lchami – 720r (1280x720)

videoroliklarning davomiyligi– 1,5-3 daqiqagacha;

rolik oxirida muallifning F.I.Sh (tashkilot nomi), videomaterial nomi ko‘rsatilishi kerak.

  Videomateriallar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

mavzuga mosligi, videorolik tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga

qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi;

g‘oyaning yangiligi. Videorolik syujeti original bo‘lib, boshqa videoroliklarning syujet va g‘oyasini takrorlamasligi kerak.

qisqa metrajli videoroliklar tanloviga ariza topshirish 2021-yilning

26-dekabr kuni soat 24.00 ga qadar qabul qilinadi va saralanadi.

Saralangan videoroliklar 2021-yilning 27-dekabridan 29 - dekabr kuniga qadar ovoz yig’ish uchun Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligining veb sahifalari va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilib, ovozga qo‘yiladi. Ovoz berish 29 - dekabr soat 00:00ga qadar davom etadi. Eng ko‘p ko‘rilgan va “layk” yiqqan videoroliklar g‘olib deb topiladi.

G‘olib deb topilgan tanlov ishtirokchilari I, II, III - darajali diplomlar hamda quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘ringa - notebook;

2-o‘ringa - planshet;

3-o‘ringa - smartfon.

  Tanlov ishtirokchilari tomonidan o‘z videorolik va arizalarini elektron pochta orqali info@motas.uz (mavzu qismida “Mamlakatimizning moddiy madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targ‘ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko‘rik-tanlovi”ga ko‘rsatilishi shart) yuboriladi. Arizada muallifning ism familiyasi otasining ismi va bog’lanish kontaktlari aniq ko‘rsatilishi shart.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing