Foto va Video

O‘zbekiston Malayziyadagi “MATTA Fair 2023” xalqaro yarmarkasida ishtirok etmoqda

01.09.2023 558

2023-yil 1-sentyabrdan 3-sentyabrgacha Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “MATTA Fair 2023” 35-xalqaro туризм yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Malayziyaning MITEC yirik xalqaro savdo-ko‘rgazma markazida O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi marta mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining “MATTA Fair 2023” turizm yarmarkasidagi ishtiroki Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” davlat unitar korxonasi vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Milliy stendimizni namoyish etuvchi delegatsiya tarkibi “Milliy PR-markazi” mutaxassislari, O‘zbekistondagi “East Asia Point”, “Shahraz”, “Orient mice”, “Euroasia”, “Another Travel” kabi mahalliy sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat bo‘lib, ular mashhur yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining eng yaxshi takliflarini taqdim etadilar, barcha sektor va segmentlarda turizmni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari bo‘yicha tajriba va fikr-mulohazalar almashadilar.

Yarmarkaning birinchi kunidayoq nafaqat Malayziya, balki butun Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi fuqarolari orasida keng ommalashayotgan O‘zbekistonning turizm mahsulotlari yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Xalqaro yarmarka davomida Malayziya turizm tashkiloti, Koreya milliy turizm tashkiloti, Tayvan turizm byurosi, Filippin turizmni targʻib qilish kengashi, Turkiya Respublikasi Elchixonasi, Yaponiya milliy turizm tashkiloti kabi turizm boʻyicha davlat tashkilotlari va marketing kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ishbilarmon doirasining Malayziya turoperatorlari bilan ko‘rgazma maydonlarining faol savdosi va joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishishtirish rejalashtirilgan.

“MATTA Fair 2023” yarmarkasi doirasida “Milliy PR-markazi” direktori Samandarova Dilfuza hamda “Orient mice” sayyohlik kompaniyasi vakili mamlakatimizning turizm salohiyati haqida taqdimot qilishdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu yarmarka malayziyaliklar va xorijlik mehmonlar uchun mamlakatimizning boy tarixi, san’ati, oshxonasi va mehmondo‘stligini chuqurroq anglash va baholashga hissa qo‘shgan holda O‘zbekistonning madaniy merosi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing