Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekiston juda g‘ayrioddiy geografik joylashuvga ega. Mamlakat hududining asosiy qismi O‘rta Osiyoning markazida, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. Bu yerdagi o‘ziga xos tabiiy sharoitlar natijasida betakror iqlim hamda noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi shakllangan.
O‘zbekistonning o‘rmon boyligi haqida gapiradigan bo‘lsak, O‘zbekistondagi o‘rmonlar Rossiya taygasi yoki Amazonkaning yomg‘irli o‘rmonlari emasligini ta’kidlab o‘tishimiz kerak. Oʻrmonlarning koʻp qismi baland togʻ yonbagʻirlari va chuqur daryolar vodiylarida toʻplangan.
Samarqand viloyatida bir mo‘jizaviy qishloq bor - u yerga bir marta tashrif buyursangiz, yana qaytib borishni istab qolasiz.

Bu go‘sha o‘zining noyob hunarmandchilik an’analari, toza havosi, sersoya daraxtlari va yaqin atrofdan oqib o‘tuvchi Siyob daryosi bilan ham mashhurdir. Maktab davridanoq hammaga ma’lum-ki, o‘rmon bu – daraxtlar bilan qoplangan keng maydon. Oʻzbekistonda daraxt va butalar baland togʻ yonbagʻirlarida, ayrim tekisliklarda, togʻlardan oqib oʻtuvchi yirik daryolar boʻyida uchraydi.

Masalan, G‘arbiy Tyan-Shanning o‘rta qismida dengiz sathidan 1500-2000 metr balandlikda keng o‘rmon chakalakzorlarini ko‘rishingiz mumkin. Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasidagi Beldersoy darasi mahalliy aholi va mehmonlarning sevimli dam olish maskani hisoblanadi. Bu yerda ko‘plab mehmonxonalar, dam olish maskanlari va sihatgohlar joylashgan.
O‘rmon chakalaklari bo‘lgan yana bir go‘zal joy G‘arbiy Tyan-Shan tog‘laridagi Oqsoqota darasida joylashgan. Togʻ daryolarining tekisliklarida va daralar yonbagʻirlarida zich o‘sgan daraxtsimon oʻsimliklarni koʻrish mumkin.
Oʻrta Osiyodagi oʻrmonlarni eng ko‘p tashkil qiluvchi oʻsimliklar archalardir. Archazorlar juda ham zich chakalakzorlardir. Ba’zan archa o‘rmonlari shunchalik zich o‘sadiki, yaqin atrofdagi daraxtlar shoxlarini bir-biri bilan bog‘lab, deyarli o‘tib bo‘lmaydigan chakalakzor o‘rmonlarni hosil qiladi. Bunday o‘rmonlar ko‘pincha baland tog‘li hududlarda, katta aholi punktlaridan uzoqda joylashgan. Ammo siyrak va alohida o‘sgan daraxtlari bo‘lgan archazor o‘rmonlar ko‘proq uchraydi. Ba’zan bu juda katta daraxtlar bo‘lib, sekvoyaga o‘xshaydi. Ularning tanasi juda katta, shoxlari esa yoyilgan, keng hajmli bo‘lib, issiq yoz kunlarida zarur soya bilan ta’minlaydi.

Archa O‘zbekistonda juda qadrlanadi, ba’zi daraxtlar shu qadar qadimiyki, ular vaqt o‘tishi bilan ziyoratgoh va qadamjolarga aylangan. Bunday daraxtlarni Surxondaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlari va hatto Buxoroning qadimiy meʼmoriy majmualari hududlarida ham koʻrish mumkin.
Archa o‘rmonlari sababli bunday joylarda havo o‘zining foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fitotsidlar va bug‘langan qatronlar o‘ziga xos yog‘och hidini hosil qiladi.
Jizzax viloyati oʻzining archazor oʻrmonlari bilan mashhur. Shunday joylardan biri Turkiston tizmasida joylashgan Zomin davlat togʻ-archa qoʻriqxonasidir. U yerda, tog‘ yonbag‘irlari orasida mashhur “Zomin” sanatoriysi va boshqa mashhur dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.
Boshqa daraxt turlari togʻ etaklarida uchraydi. Bunday joylarda siz allaqachon yovvoyi chakalakzorlarni va ekilgan bog‘larni ko‘rishingiz mumkin. Doʻlana, chinor, bodom, olcha olxoʻrilar koʻpincha buta oʻsimliklari – zirk, atirgul, dumba va boshqalar bilan aralash holda o‘sadi. Togʻ etaklarida, masalan, Gʻarbiy Tyan-Shan togʻlaridagi Oqsoqota darasida qayinzorlar ham bor.

Oʻrta Osiyoning asosiy daryolari Sirdaryo va Amudaryo boʻylab tekislik oʻrmonlari yoki toʻqay oʻrmonlari (Oʻrta Osiyoda shunday deyiladi) bor. Qoidaga ko‘ra, to‘qay o‘rmonlari atrof-muhitni muhofaza qilish obyekti hisoblanadi, chunki bunday o‘rmonlar Yerda juda kam uchraydi va ularning o‘ziga xos florasi mavjud. Masalan, Qoraqalpogʻistondagi Baday-Toʻqay qoʻriqxonasida qamishzorlar, terak, zaytun, majnuntol, turli xil suv qushlari, sutemizuvchilar, jumladan, Buxoro bugʻulari (kiyiklarning kenja turi)ning turlarini koʻrish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida Sayxun oʻrmon qoʻriqxonasi joylashgan bo‘lib, uning hududida keng toʻqay oʻrmonlari bor.
Oʻzbekiston hududining katta qismini Qizilqum choʻli, Ustyurt platosi va dashtlar egallagan. Ammo bu keng hududlarda taqir va qumdan boshqa hech narsa yo‘q degani emas. Cho‘zilgan keng hududlar o‘z o‘rnini chakalakzorlar, daraxt va butazorlarga beradi. O‘simliklar takomillashish jarayonida cho‘llarning og‘ir sharoitlariga moslashishga majbur bo‘lgan, bu yerda haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamollar va jazirama quyosh o‘simliklarning tashqi ko‘rinishi va xususiyatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Oʻzbekistonning tipik choʻl oʻrmoni saksovul oʻrmonlaridir. Saksovul oʻrmonlarini Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida koʻrish mumkin. Bundan tashqari, bunday joylarda siz to‘liq hordiq chiqarishingiz mumkin. O‘tov lagerlari, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari yuqori qulaylikda milliy uslubda dam olish imkoniyatini beradi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.
Izoh