Foto va Video

Qolgansir – Sirdayo viloyatidagi ov bilan shug’ullanish markazi

1165

Sirdaryo – sarguzashtga chanqoq sayohatchilar uchun haqiqiy Klondaykdir. Bir qarashda, cheksiz yo‘llar va paxta dalalari, sarguzasht va ilhom baxsh etadiganga o‘xshab ko‘rinmaydi. Ammo siz ozgina sabr-toqat qilsangiz, u yerda tabiatning o‘zi bergan juda ko‘p ajoyib va qiziqarli narsalarni topishingiz mumkin.

Shunday qilib, Sirdaryo viloyatining Sholikor tumanida 2017 yilda Qolgansir ov va baliq ovlash xo‘jaligi tashkil etildi. Ushbu mintaqa azaldan faqat Sirdaryodagina mashhur bo‘lib qolmasdan, har yili butun O‘zbekistonning yuzlab ovchilik va baliqchilik ixlosmandlarni o‘zida jam qiladi. Ba’zan bu erga qo‘shni davlatlarning ovchilar ham kelib qolishadi.

Hudud, Sirdaryo daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib unung umumiy maydoni 5293,5 ga.ni tashkil etadi, shundan 1064 ga. maydoni o‘rmon hududidir.

Bu erda, xorijiy va mahalliy sayyohlarga, baliq ovlash va ov qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hududda, ov mavsumi eng avjiga chiqqan paytda yovvoyi cho‘chqa, qirg’ovul, yovvoyi o‘rdak, g’oz kabi hayvonlar ovlanadi.

Manzarali daryo, yovvoyi tabiat, hayvonot dunyosining rang-barang vakillari, shuningdek, sayyohlar uchun yaratilgan turli xil yashash sharoitlari - bu mintaqaga tashrif buyurish uchun yaxshigina sababdir. Bu erda siz o‘tovda dam olishingiz yoki chodir qurishingiz mumkin. Ota-onalarimiz qanday qilib gulxan atrofida katta sho‘x ulfatlar orasida o‘tirganlari, sevgi va hayot haqida munis qo‘shiqlarni kuylaganlarini eslaysizmi? Romantik sayohat ishtiyoqmandlari uchun - bu juda muhim.

Hozirda, Sholikor mahalla fuqarolar yig’ini, “Elektroapparat” zavodi ko‘magida bu yerda havaskor-sport ovi va ekoturistik dam olish maskani yaratishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Ovchilik xo‘jaligi hududida sayyohlarning dam olishi uchun kottejlar, ov va baliq ovlash uchun maxsus do‘konlar, kafe-bar, plyaj futboli va boshqa sport turlari uchun maydon va yana boshqa ko‘plab qiziqarli inshootlar joylashtiriladi.


Bu yerga kelgan sayyohlar, barbek’yu uchun mangallar, baliq ovlash uchun qayiq yoki shunchaki suvda sayr qilish uchun katamaranlarni ijaraga olishlari yoki boshqa xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Mahalliy faollar va tadbirkorlar, Qolgansir ov-o‘rmon xo‘jaligi hududida kichik mehmonxona, qirg‘ovul va yovvoyi cho'chqa yetishtirish joylari, shuningdek 350 gektar yerdan iborat dam olish maskanini o‘z ichiga oladigan yangi ekoturizm mintaqasini yaratishni rejalashtirganlar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring