Qoraqir ko‘lidagi ekoturistik markaz

570

Buxoro, sayyohlarni nafaqat o‘zining qadimiy me‘morchiligi va boy tarixi, balki turli xil agro- va ekoturizm markazlari bilan ham butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qiladi.

Peshku tumanida joylashgan Qoraqir ko‘lidagi ekoturizm markazi buning yaqqol misolidir. Shunisi e'tiborga loyiqki, bu tuman o'zining tabiiy joylari va qadimiy yodgorliklari, shu jumladan 12 ta arxeologik, 12 ta me'moriy va taniqli tarixiy yodgorlik - Xuja Peshku ansambli bilan ham mashhur.

Qoraqir ko‘li va Ekologik markazda joylashgan o‘rmon va ovchilik xo‘jaligiga alohida e’tiborga sazovor. Markaz, Buxorodan 40 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib ovchilik turizmiga ixtisoslashgan. Markazning maydoni o‘n ikki ming gektarni tashkil etadi.

Markaz, “Bukhara Hunting” MChJ tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, baliq ovi, ov hamda “yovvoyi” dam olish havaskorlariga ko‘polab dam olish turlarini taklif etadi.

Agar baliq ovi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda Qoraqir ko‘li mazali va yirik baliqlarni sevuvchilar uchun eng yaxsi joydir. Bu yerda zog‘ora, oqqayroq, xumbosh, sudak, ilonbaliq va albatta qumli chuqurliklar qiroli-laqqa baliq yashaydi!

Shunisi e’tiborliki, eng katta laqqa baliq O‘zbekistonda, Haydarko‘l ko‘lida tutilgan bo‘lib uning vazni 432 kilogrammni tashkil etgan! Qoraqir ko‘lida ham juda katta baliqlar qayd etilgan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bu erda laqqa baliq ko‘p ovlanadi va ular uni ovlash uchun qurbaqa, chuvalchang hamda kichkina baliqlar go‘shtidan foydalanishadi.

O‘zining kattaligi va mazaliligi bilan mashhur bo‘lgan yana bir baliq – oqqayroq balig‘i. Uni turli xil yemlar, yaltiroq plastinka baliqchalar yordamida ovlash mumkin.

Qizig‘i shundaki, manzarali ekologik markaz va Qoraqir ko‘li, cho‘lning o‘rtasida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan bu yerda nafaqat baliq ovlash, balki ovchilik ham rivojlangan. Butun O‘zbekistondan aholi ekologik markazga tabiatda ot va tuyada sayr qilish, yovvoyi hayvonlarni ovlash, shifobaxsh buloqlarda cho‘milib zavq olish uchun keladi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring