Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Osiyodagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri — “OTM Mumbai”da ilk bor ishtirok etmoqda

05.02.2026 174

Joriy yilning 5 fevraldan 7 fevralga qadar O‘zbekiston delegatsiyasi “OTM Mumbai” ko‘rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etmoqda. Bu ko‘rgazma Hindiston va Osiyodagi eng yirik turizm ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan. Mamlakatimiz mazkur nufuzli tadbirda ilk bor qatnashayotgani O‘zbekiston turizm salohiyatini xorijiy bozorlarda targ‘ib qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Shu bilan birga, delegatsiya tarkibida 6 ta turistik kompaniya ham ishtirok etmoqda. Ular milliy stend orqali o‘z xizmatlarini taqdim etib, O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini xalqaro hamkorlarga tanitmoqda.  O‘zbekiston milliy stendida ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar mamlakatning boy madaniy merosi, noyob sayyohlik yo‘nalishlari hamda zamonaviy turistik xizmatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ko‘rgazma doirasida “Fairfest” xalqaro tashkiloti vakili Kristina Rivadeneyra xonim bilan O‘zbekistonning “WTE Miami” ko‘rgazmasida ishtirok etishi, shuningdek, O‘zbekistonda TXTY tadbirini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida tadbirdan so‘ng onlayn uchrashuv tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“OTM Mumbai” ko‘rgazmasida ishtirok etish O‘zbekistonga Hindiston sayyohlik agentliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli hamkorlar va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, shuningdek, mamlakatning dam olish va sayohat qilish uchun mavjud noyob imkoniyatlarini keng namoyish etish imkonini bermoqda.

Ma’lumot uchun: “OTM Mumbai” ko‘rgazmasi har yili 50 dan ortiq mamlakatdan sayyohlik sanoati vakillarini bir joyga jamlab, tajriba almashish, bitimlar tuzish hamda yangi sayyohlik mahsulotlarini taqdim etish uchun muhim xalqaro platforma hisoblanadi. O‘zbekistonning ushbu tadbirda ishtirok etishi mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik va sayyohlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini ochadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar