Oʻzbekiston - AITF koʻrgazmasining hamkor mamlakati

21.02.2023 599

2023-yilning 4-6-aprel kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtadi.


AITF Ozarbayjonning faol rivojlanayotgan turizm bozoridagi muhim voqelik bo‘lib, har yili butun dunyodan ko‘plab ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarni yagona maydonchada to‘playdi.

Kavkaz mintaqasidagi yetakchi xalqaro tadbir bo‘lmish AITF mintaqadagi sayohatlar, ishbilarmonlik turizmi, tibbiy va eksklyuziv dam olishning so‘nggi yangiliklarini namoyish etuvchi ozarbayjonlik va xorijiy ekspertlar uchun mustahkam platforma yaratgan holda, zamonaviy turizm bozorining umumiy manzarasini aks ettiradi.


O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida “hamkor davlat” sifatida ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlar namoyishi rejalashtirilgan.

Nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz yoki +998781290990 raqami orqali bog‘lanish mumkin.

Arizalar 2023-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing