Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Qatar poytaxti ko‘chalarida sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda

14.07.2025 196

Turizm qo‘mitasi va mamlakatimizning Qatardagi elchixonasi tashabbusi bilan Doha shahrining markaziy ko‘chalaridan birida joylashgan ulkan LED-ekranlarda O‘zbekiston haqidagi yorqin videolavhalar uzatilmoqda: ularda tarixiy yodgorliklar, go‘zal tabiiy manzaralar, Buyuk Ipak yo‘li marshrutlari, shuningdek, zamonaviy diqqatga sazovor joylarning tasvirlari aks ettirilgan.

Ushbu media loyiha Qatar aholisi va mehmonlarining e’tiborini O‘zbekistonga istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatida jalb etishga qaratilgan. Mazkur tadbir sayohatlarga qiziqish uyg‘otish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar