O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqish turizmi bo‘yicha navbatdagi tanlanma kuzatuvlar 2024-yilning may oyidan boshlab Respublika hududlarida xorijiy turistlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilib kelinmoqda.
So‘rovnoma Birlashgan millatlar Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tavsiyasi asosida 2018-yildan buyon kamida har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 5-mayida respublikaning 13 ta hududida aeroport, avtoyo‘l va temiryo‘larda joylashgan bojxona-chegara punktlarida sorovnoma o‘tkazilishi boshlangan bo‘lib, 10 mingdan ortiq respondetlar fikr va takliflari o‘rganilgan.
Shu jumladan 2024-yil 30-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida intervyuyerlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovnoma jarayoniga UNWTO xalqaro eksperti taklif etilib, ekspert o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
So‘rovnoma joriy yilning 6-iyuniga qadar davom etib, 14 minga yaqin respondetlar (xorijiy turistlar) bilan sorovnoma otkazilishi kutilmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh