Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yilning ikkinchi yarmida qator xalqaro turizm ko‘rgazmalarida ishtirok etadi

19

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yilda xalqaro turizm sohasidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida qator nufuzli xalqaro ko‘rgazmalarda milliy stend bilan qatnashishni rejalashtirgan.

Jumladan, “ITB China” (26–28-may, Shanxay, Xitoy), “SITF” (4–7-iyun, Seul, Janubiy Koreya), “ATM Dubai” (23–25-sentabr, Dubay, BAA), “IFTM Top Resa” (23–25-sentabr, Parij, Fransiya), “Tourism Expo Japan” (24–27-sentabr, Tokio, Yaponiya), “TTG Travel Experience” (14–16-oktabr, Rimini, Italiya), “COTTM” (14–16-oktabr, Pekin, Xitoy), shuningdek, “WTM London” (3–5-noyabr, London, Buyuk Britaniya) ko‘rgazmalarida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etiladi.

Mazkur ko‘rgazmalar jahon turizm sanoatidagi eng yirik B2B platformalardan hisoblanib, ular turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxona tarmoqlari hamda boshqa sohaviy ishtirokchilarni bir joyga jamlaydi.

Ushbu tadbirlarda ishtirok etish mahalliy turizm sohasi subyektlari uchun xalqaro bozorga chiqish, yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing va hamkorlar tarmog‘ini yanada kengaytiring!

Ishtirok etish uchun arizalarni quyidagi havola orqali topshirish mumkin: https://uzbekistan.travel/uz/v/xalqaro-korgazmalar/

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar