Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Rossiyadagi "Divo Mira" xalqaro sayyohlik kinofestivalining ikkinchi bosqichida (yarim final) ishtirok etdi

22.07.2025 145

2025-yilning 16-18-iyul kunlari Rossiyaning Yoshkar-Ola shahrida (Mariy El Respublikasi) "Divo Mira" nomli xalqaro sayyohlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan III xalqaro sayyohlik kinofestivalining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston 20 dan ortiq mamlakat vakillarini jamlagan keng ko‘lamli forumning ishtirokchilaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun: "Divo Mira"  mamlakatlar obro‘sini oshirish va turizmni rivojlantirish maqsadida sayyohlik kinofestivallarini o‘tkazishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotdir.

Yoshkar-Olada bo‘lib o‘tgan ikkinchi bosqichda Armaniston, Belarus, Vyetnam, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, KXDR, BAA, Serbiya, Singapur, Tailand, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning vakillari qatnashdi. Festival doirasida sayyohlik videoroliklarining namoyishi, turizm va vizual media sohasidagi tendensiyalar muhokamasi hamda taqdirlash marosimi amalga oshirildi.

O‘zbekistonning bunday tashabbuslarda ishtirok etishi nafaqat mamlakatning xalqaro maydondagi taniqligini oshiradi, balki turizm sohasida hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ham yaratadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar