Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston sayyohlik biznesi vakillarini Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan “Road-show”ga taklif qilamiz

21.08.2024 348

2024-yil 1-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston - Koreya turizm forumi” tashkil etilib, uning doirasida Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida “Road-show” o‘tkaziladi.

Tadbirlar kun tartibidan O‘zbekistondagi sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotlari, Koreya turizm sanoatining asosiy ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini ishlab chiqish, B2B uchrashuvlari, shuningdek, muzokaralar olib borish va shartnomalar imzolash joy olgan.

O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari va tadbirkorlik subyektlari vakillarini “Road-show”da ishtirok etishga taklif qilamiz.

Batafsil ma’lumot:

• O‘tkazish joyi va vaqti: Lotte City Hotel Seul, Seul – 1-oktyabr

• Safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar jo‘natuvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi;

• Telefon: +998 90 799 70 80

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024-yil 30-avgust

Dastur.pdf

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing