Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston sayyohlik oqimining o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoning TOP-5 davlatlari qatoriga kirdi

11.06.2026 24

BMT Turizm (UN Tourism) tomonidan e’lon qilingan "World Tourism Barometer"ning so‘nggi soniga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha xalqaro sayyohlik oqimining eng yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan 37 foizga oshgan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha respublika Paragvay, Yangi Kaledoniya, Salvador, Mo‘g‘uliston, Irlandiya va Bruney bilan bir qatorda dunyoning eng jadal rivojlanayotgan beshta sayyohlik yo‘nalishi qatoriga kirdi.

Yuqori ko‘rsatkichlar vizasiz rejimning liberallashtirilishi, transport qulayligining kengayishi, xalqaro mehmonxona tarmoqlarining ko‘payishi, faol marketing siyosati, shuningdek, turizm brendini xorijda targ‘ib qilish bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq, xorijiy sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkazish, turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 7 foizga yetkazish va turizm xizmatlari eksportini 6 milliard AQSH dollari darajasida ta’minlash rejalashtirilgan.



Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar