Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati haqidagi videolavhalar Ostonadagi katta ekranlarda namoyish etilmoqda

13.08.2024 339

Qozog‘iston poytaxtining aholi gavjum hududlaridagi katta ekranlarda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyishi boshlandi.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyihadan maqsad mamlakatimizga Qozog‘istondan sayyohlar oqimini ko‘paytirish va yurtimiz salohiyatini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Efirga uzatilayotgan videoroliklar sayyoh qalbida O‘zbekistonning go‘zalligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, uning tarixiga teginish, boy madaniyatni, O‘zbekiston tabiatining cheksiz kengliklarini his qilish, shuningdek mamlakat gastronomiyasining yorqin va o‘ziga xos taʼmini tuyish istagini alanga oldiruvchi uchqun bo‘ladi.

Qayd etilishicha, yurtimizga bag‘ishlagan mazkur videoroliklar Ostona shahrining 32 ta nuqtasida 1-avgustdan 31-dekabrgacha namoyish etiladi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, loyiha Qozog‘iston poytaxti aholisi va mehmonlari o‘rtasida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing