O‘zbekiston sportchilari Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro MDH o‘yinlarida ishtirok etishmoqda

03.09.2021 835

Shu kunlarda Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining I Xalqaro o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinlarda Azarbajon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston davlatlari bilan bir qatorda, O‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqdalar. Musobaqada 1600 ga yaqin sportchilar, ulardan MDHning 9 mamlakatidan 1100 dan ortiq sportchilar (14 dan 23 yoshgacha) ishtiroki rejalashtirilgan.

O‘yinlar sportning 16 turi bo‘yicha o‘tkaziladi, jami sportchilar 182 ta mukofotlar to‘plami uchun kurash olib boradilar. Tanlovda 400 dan ortiq referi va hakamlar, shuningdek, 1000 dan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etmoqdalar.

MDH mamlakatlari o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan. Ushbu taklif 2018-yil 28-sentabr Dushanbeda MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida qo‘llab–quvvatlangan edi.

O‘yinlar xalqlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘rnatilgan do‘stona aloqalarni mustahkamlash va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitimni amalda amalga oshirish maqsadida o`tkazilmoqda. Sportchilarimiz o‘zlarining birinchi yutuqlarini olib kelishdi.

O‘zbekistonlik bokschilarimiz Javohir Kuysinov (48 kg), Sayat Ilyasov (50 kg), Farruh To‘laganov (54 kg) chorak finalda raqiblarini mag‘lub etishdi. Boks bellashuvlari davom etmoqda. O‘zbekistonning yana 5 vakili ringga chiqishi kutilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing