Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston tadbirkorlari xalqaro platformalarda suvenirlarni targ‘ib qilishni o‘zlashtirmoqda

72

2025-yil 16-19-iyul kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda hunarmandlar va tadbirkorlar uchun marketing bo‘yicha bepul onlayn kurslar o‘tkazildi. 

Treningning maqsadi zamonaviy raqamli platformalarda milliy suvenir mahsulotlarini targ‘ib qilish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali turizm sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. O‘quv mashg‘ulotlarida turizm sohasiga faol jalb etilgan 100 dan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etdi.

Kurslar davomida ishtirokchilar suvenirlar va qo‘l mehnati mahsulotlarini brendlash, onlayn savdo platformalari (Uzum, Wildberries, Ozon, ZoodMall, eBay, Etsy) bilan ishlash, shuningdek, yetkazib berish, logistika va onlayn to‘lovlar bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar. Ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro bozorlarda turistik mahsulotlar va suvenirlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tashabbus turizm infratuzilmasini mustahkamlash va mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy mehmonlarni jalb qilish orqali O‘zbekistonning noyob madaniy merosini ommalashtirishda muhim qadamdir.

Yana ko'ring