Foto va Video

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

25123

Toshkentning markazida joylashgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Markaziy Osiyodagi birinchi muzeylardan biridir. U 1876- yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Muzeyda 250 mingdan ortiq qadimiy buyumlar, topilmalar va artefaktlar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston hududida yashagan O‘rta Osiyo xalqlarining tosh asridan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini bilib olishga imkon beradi.

Unda Surxondaryo viloyatidan topilgan 1-asrga tegishli Budda haykali, bronzadan yasalgan, hayvonlar haykallari bilan bezalgan saklar echkisi (miloddan avvalgi IV-V asrlar),qadimiy kulolchilik mahsulotlari, matolar, tangalar, sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va boshqa turli-tuman eksponatlar bilan bezatilgan. Muzey tashrif buyuruvchilarga Sharqning qadimiy sivilizatsiyasi bilan tanishish va mintaqamiz tarixining eng muhim davrlari haqida maʼlumot olish imkonini beradi.

  Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

1

Assalomu alekum tarix muzeyiga qadimiy narsa topshirish uchun qayerga murojaat qilish lozim.

Bonu Davronova | 31.01.2023

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring