Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Oʻzbekiston turizm biznesi vakillarini Rossiyaning yirik shaharlarida boʻlib oʻtadigan “Road-show”ga taklif qilamiz

20.08.2024 280

2024-yilning 16-20-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari hamda Moskva viloyatida “Road Show” loyihasini tashkil etmoqda.

Tadbirlar kun tartibidan O‘zbekistondagi sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotlari, Rossiya turizm sanoatining asosiy ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini ishlab chiqish, B2B uchrashuvlari, shuningdek, muzokaralar olib borish va shartnomalar imzolash joy olgan.

Shuningdek, ta’kidlash lozimki, 17-sentyabr kuni “Road-show” doirasida Qo‘mita delegatsiyasi Moskvadagi “Exposentr” ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadigan “Отдых. Leisure” ko‘rgazma-forumida ishtirok etishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari va tadbirkorlik subyektlari vakillarini “Road-show”da ishtirok etishga taklif qilamiz.

Batafsil ma’lumot:

• Joy va vaqt: Moskva viloyati – 16-sentyabr, Moskva – 18-sentyabr va
Sankt-Peterburg – 20
-sentyabr;

• Safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar jo‘natuvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi;

• Telefon: +998907997080

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024-yil 30-avgust

Dastur.pdf

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing