Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston turizm salohiyati Janubiy Koreyaning “Move” jurnali nigohida

15.07.2025 374

Turizm qo‘mitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 11–20-iyul kunlari Janubiy Koreyaning “Move” jurnali muharrir hamda fotograflaridan iborat ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif O‘zbekistonning turizm salohiyati, madaniy merosi, boy tarixi, anʼanalari, milliy taomlari hamda mashhur sayyohlik yo‘nalishlari haqidagi maʼlumotlarni mazkur jurnalning navbatdagi maxsus sonida chop etish orqali koreyalik sayyohlarga yetkazish maqsadida tashkil qilindi.

Ijodiy guruh Samarqand, Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining arxitekturasi, tarixiy yodgorliklari, qadimiy madaniy merosi, diqqatga sazovor joylari, turistik manzillari, shuningdek, zamonaviy hayoti, mehmondo‘stligi, milliy oshxonasi, dam olish maskanlari, mehmonxona kabi joylar to‘g‘risida maʼlumotlar to‘pladilar.

Loyiha natijasida 150 betdan iborat, 1000 nusxada chop etiladigan jurnallar Koreya Respublikasida mashhur bo‘lgan “Kyobo book” kitob do‘koni, “Online-shoping” internet do‘koni hamda Janubiy Koreya mehmonxonalari va aviakompaniyalariga tarqatilishi reja qilingan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar