O‘zbekiston turizm salohiyati Rossiya telekanallarida yanada keng targ‘ib qilinadi

28.06.2024 292

Turizm qo‘mitasi ko‘magida joriy yilning 22-28-iyun kunlari “Первый канал” telekanalining keng tomoshabinlar auditoriyasiga ega bo‘lgan “Жизнь других” dasturining ijodiy guruhi O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi.

Ko‘rsatuvni suratga olish uchun dasturining boshlovchisi Janna Badoyeva boshchiligidagi ijodiy guruh mamlakatimizning turizm salohiyatini Rossiya davlatida keng targ‘ib qilish va ushbu davlatdan keladigan sayyohlar sonini yanada oshirish maqsadida teledasturning bu safargi sonida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, turistik mazillari va tarixiy maskanlarida bo‘ldi.

Suratga olish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov yurtimizning turizm salohiyati, sayyohlik yo‘nalishidagi manzillari, ziyorat turizmi, gastroturizm, ekoturizm, etnoturizm, agroturizm, tibbiyot turizmi, muqaddas ziyoratgohlar, madaniy meros, me’morchilik yodgorliklari, muzeylar, istirohat bog‘lari, turizm qishlog‘i, etnoqishloq, turizm ko‘chasi, sanatoriylar haqida ma’lumot berib o‘tdilar. 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda muntazam suratga olinadigan mazkur dastur vakillari bilan Turizm qo‘mitasi yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu dastur tufayli millionlab teletomoshabinlar O‘zbekistonning yangi sayyohlik yo‘nalishlarini kashf qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ma’lumki, “Жизнь других” teledasturi 2019 yildan beri efirga uzatilib kelinib, bugungi kunda teledasturning umumiy kuzatuvchilari soni dunyo bo‘yicha 250 milliondan oshiqni tashkil etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing