Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston turizm sohasida “Eng yaxshi rivojlanayotgan yo‘nalish” mukofotiga sazovor bo‘ldi

07.11.2024 689

Londonda boʻlib oʻtgan marosimda Oʻzbekiston nufuzli “Wanderlust Reader Travel Awards 2024” mukofotining “Eng yaxshi rivojlanayotgan yoʻnalish” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Taqdirlash marosimi mashhur “Tate Modern” zamonaviy san’at galereyasida bo‘lib o‘tdi.

“Wanderlust Reader Travel Awards” mukofoti Wanderlust jurnali tomonidan oʻtkaziladigan yoʻnalishlar va turoperatorlar uchun nufuzli tanlovdir. Jurnal xodimlari har bir mukofot toifasi uchun qisqa ro‘yxatlarni yaratadilar va g‘oliblar o‘quvchilar tomonidan tanlanadi. Bu yil 3,6 milliondan ortiq ovoz berilgan.

1993-yilda tashkil etilgan “Wanderlust” Buyuk Britaniyadagi o‘quvchilar uchun 1-raqamli sayohat jurnali hisoblanadi. “Wanderlust” yiliga deyarli 140 ming nusxada 10 ta son chiqaradi va uning veb-sayti har oy 1,2 million noyob o‘quvchilarni jalb qiladi.

Manba: https://uzbektourism.uz/news/view?id=3610

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar