Foto va Video

O‘zbekiston turizmini jahonda targ‘ib etishda yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda

17.07.2023 392

Xorijdan mamlakatimizga kirib keluvchi sayyohlar sonini yil oxirigacha 7 mln nafardan oshirish bu borada xorij davlatlarida O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qator yirik loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining “НТВ” telekanali ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – “НТВ” telekanalida O‘zbekiston turizmi haqida rusiyzabon sayyohlar uchun yangi bir loyihaga qo‘l urilmoqda. Unga ko‘ra, “Попутчик” (Hamroh) deb nomlangan ko‘rsatuvning ilk taqdimot soni mamlakatimizda suratga olindi.

“НТВ” telekanali ijodiy guruhining O‘zbekistonga safari joriy yilning 12-15-iyul kunlari tashkil etilib, tashrif davomida mamlakatimizning Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari, boy tarixi, taomlari, madaniy merosi va turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ko‘rsatuvning tomoshabin qamrovini oshirish maqsadida mazkur loyihaga teleboshlovchi sifatida mashhur shoumen va musiqachi Timur Rodriges taklif etilgan. Ma’lumot uchun, 43 daqiqalik ko‘rsatuvning ilk soni taqdimoti joriy yilning kuzida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing