Foto va Video

O‘zbekiston Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan “EMITT Istanbul 2023” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

12.04.2023 630

2023-yilning 12-aprelidan 15-apreliga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT Istanbul 2023” 26-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik TUYAP Fair & Congress Center kongress-koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

Delegatsiyamiz ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK hamkorligida “Uzbekistan Airways” AJ ko‘magida tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi, Oʻzbekistonning 6 ta sayyohlik kompaniyasi vakillari hamda Xorazm viloyatidan katta delegatsiya, jumladan, Ichan-qalʼa direksiyasi vakillari, shuningdek, hunarmandlar kirgan.

Ko‘rgazma doirasida yetakchi xalqaro sayyohlik kompaniyalari ommabop yo‘nalishlarda o‘zlarining eng yaxshi takliflarini taqdim etmoqdalar, barcha soha va jabhalarda turizmni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari bo‘yicha tajriba va fikr almashmoqdalar.

Ko‘rgazma davomida delegatsiyamiz vakillarining Turkiya va boshqa mamlakatlardagi yirik sayyohlik kompaniya va tashkilotlari bilan “B2B” formatida o‘tkazayotgan ishbilarmonlik uchrashuvlari O‘zbekiston ishbilarmon doiralari va xorijiy hamkorlar o‘rtasida bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etiladi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun mamlakatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: EMITT har yili Istanbulda oʻtkaziladigan Sharqiy Oʻrtayer dengizidagi eng yirik xalqaro turizm va sayohat koʻrgazmasidir. Dunyodagi eng yirik beshta sayyohlik ko‘rgazmasidan biri sifatida EMITT har yili butun dunyo bo‘ylab sayyohlik kompaniyalari va yo‘nalishlaridan yangi va qiziqarli sayohat imkoniyatlarini izlayotgan o‘n minglab soha mutaxassislari va sayyohlarni jalb etadi. Ko‘rgazma Madaniyat va turizm vazirligi, Turkish Airlines va Istanbul munitsipaliteti tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing