Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston va Ozarbayjonning Yevropadagi “Highlights of the Silk Road” qo‘shma roud-shousi yakunlandi

29.10.2025 152

Joriy yil 24-oktyabrda O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik qo‘shma loyihalaridan biri nihoyasiga yetdi. “Highlights of the Silk Road” nomli O‘zbekiston - Ozarbayjon roud-shousi 13-oktyabr kuni Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida boshlanib, Yevropaning Vena (Avstriya), Syurix (Shveysariya), Budapesht (Vengriya), Praga (Chexiya) va Barselona (Ispaniya) kabi shaharlarini qamrab oldi. 

Ushbu loyiha doirasida yirik mahalliy va Ozarbayjon sayyohlik kompaniyalari xorijiy hamkorlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, har ikki tomon taqdimotlarini o‘tkazib, O‘zbekiston va Ozarbayjonning o‘ziga xos xususiyatlari hamda xorijiy sayyohlar uchun jozibadorligi haqida so‘zlab berdi. Ishbilarmonlik qismi B2B muzokaralarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda tomonlar yaqin aloqalar o‘rnatdilar va shartnomalar imzoladilar.

Ta’kidlash joizki, Frankfurtda ishbilarmonlik qismidan tashqari, mehmonlar uchun madaniy dastur ham tashkil etildi. Unda ikki davlat nafaqat o‘zlarining an’anaviy chiqishlarini alohida namoyish etdi, balki san’atkorlarning hamkorlikdagi chiqishi ham tashkil etildi.

Shuningdek o'qing