2021-yil 2-sentyabrda Xalqaro Ipak yo‘li turizm universiteti va Turkiya Respublikasi Turk madaniyati va tarixi jamg‘armasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar madaniyat, ta’lim, ilmiy tadqiqot va axborot sohalarida hamkorlik qiladi. Jamg‘arma loyiha doirasida noyob adabiyotlardan foydalanishni ta’minlash, kitob nashrlari almashinuvida hamkorlikni rivojlantirishni, noyob va qimmatbaho ilmiy hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni, malaka oshirish uchun o‘quv tadbirlari, amaliyotlar va o‘zaro tashriflarni o‘tkazishni va tajriba almashish kelishib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy merosini qayta tiklash maqsadida Jamg‘arma Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlariga kirishni, Usmonli sultonlarining zamonaviy O‘zbekiston hududida joylashgan davlatlar hukmdorlari bilan yozishmalari bilan o‘rtoqlashishni rejalashtirgan.
Xususan, Jamg‘arma “Ipak yo‘li” Xalqaro universiteti kutubxonasini turk dunyosi mamlakatlaridan noyob kitob nashrlari, qo‘lyozmalar, davriy nashrlarning yuz mingdan ziyod nusxadagi arxivi bilan maxsus bosma va elektron adabiyotlar bilan to‘ldirishni mo‘ljallamoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh