Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston xalqaro turistik filmlar festivallarida ishtirok etmoqda

20.03.2025 55

2025-yilning mart oyidan noyabr oyigacha O‘zbekiston ilk bor CIFFT xalqaro turistik filmlar kinofestivallari turkumida qatnashadi. Dastlabki bosqich 2025-yil 17-19-mart kunlari Yaponiyaning Maniva shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan yillarda festival Yaponiyaning turli hududlarida, jumladan Akan ko‘li, Sigu, Yoron oroli va Kiotoda o‘tkazilgan. U turistik kino janridagi eng sara asarlarni e’tirof etish uchun kinoijodkorlar, turizm sohasi mutaxassislari va soha ekspertlarini bir joyga to‘playdi.

Yaponiyadagi festival “CIFFT Circuit 2025”, ya’ni bu sohadagi eng yaxshi video asarlarni taqdirlash maqsadida o‘tkaziladigan jahon turistik filmlari tanlovining birinchi bosqichi bo‘ldi. Turli yillarda g‘oliblar safida “Switzerland Tourism”, “Go Türkiye”, “Azerbaijan Airlines”, “Visit Qatar”, “Singapore Tourism Board” va “Tourism Australia” kabi yirik sayyohlik brendlari ham bo‘lgan.

O‘zbekiston festivalda birinchi marta ishtirok etib, sezilarli yutuqlarga erishdi. Farg‘ona viloyati haqidagi taqdimot videosi eng yaxshi yo‘nalishni namoyish etgani uchun maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. "O‘zbekistonda kuz" filmi "Mamlakatni targ‘ib qilish" yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egalladi, "UNWTO Samarqandda" videosi esa "Osiyo" nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Filmlar Britaniyaning “Dars Films” studiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Festivalga jami 1132 ta ariza kelib tushgan. Natijalarning to‘liq ro‘yxatini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://jwtff.world/archives/5556.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing