Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston yetakchi “Travel Tomorrow” nashriyoti bilan mamlakatimizning turistik brendini targ‘ib qilish maqsadida hamkorlik qilmoqda

30.10.2024 168

Mamlakatimizning Yevropa davlatlarida nufuzini yanada mustahkamlash, taniqliligini oshirish va yevropalik sayyohlar oqimini oshirish maqsadida dunyoga mashhur “Travel Tomorrow” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Malumot uchun:

Travel Tomorrow” nashriyoti – “Buscardini Communications kompaniyasining jahon ommaviy axborot vositalarida sayohat va sayyohlik sanoatini yorituvchi asosiy brendidir (bosh qarorgohi Bryusselda joylashgan mustaqil Yevropa media agentligi). Nashriyot AQSh va Yevropaning yetakchi 10 ta davlatini birlashtirgan boʻlib, oʻquvchilar soni 20 million, ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Twitter, LinkedIn va Instagram) obunachilari soni esa 60 ming kishini tashkil etadi.

Shu bilan birga, mazkur loyiha doirasida Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgda O‘zbekistonning nufuzini oshirish maqsadida xorijiy tomon qator nashrlar tayyorlash, xususan, “Travel Tomorrow” yetakchi nashriyot uyi tomonidan
2024-yilning oxirigacha 12 ta maqola (oyiga 2 ta maqola) chop etishni rejalashtirgan.

Umuman olganda, “Travel Tomorrow” bilan hamkorlik O‘zbekistonning turizm salohiyatini xalqaro maydonda ommalashtirishda yangi istiqbollarni ochadi. Qo‘shma axborot kampaniyalari Yevropa auditoriyasining O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosiga qiziqishini oshirishga, shuningdek, mamlakatimizning o‘ziga xos an’analari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishish istagida bo‘lgan sayyohlarni ko‘proq jalb qilishga yordam beradi.


“5 reasons why sporty travellers should explore Uzbekistan” (“Sport sayyohlari O‘zbekistonga sayohat qilishi uchun 5 sabab”) nomli birinchi maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://traveltomorrow.com/5-reasons-why-sporty-travellers-should-explore-uzbekistan/

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing