Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
2021-yil 23-26 - avgust kunlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida gidlar, sayyohlik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media - tur tashkil etildi.
O'zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (O'XSTU) va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko‘magida “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan USAIDning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo’yicha loyihasi doirasida tashkil etilgan info-tur CBT-turizmni rivojlantirish va oilaviy mehmon uylarining turistik salohiyatini, shuningdek, sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuasini rivojlantirishga qaratilgan.
CBT (Community based tourism) – bu turizmga asoslangan, mahalliy hamjamiyat vakillari ishtirok etadi va ularning faoliyatidan foyda ko‘riladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda CBT -turizmning salohiyati mintaqa va mahalliy jamoalarning madaniy-milliy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. So‘nggi paytlarda CBT-sayyohlar sonining ko‘payishi kuzatilmoqda, unga ko‘ra, oilaviy mehmon uylarning soni ortib bormoqda.

Avvalroq, 2021-yil may oyida USAIDning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo’yicha loyihasi doirasida O'XSTU Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘lajak tadbirkorlar uchun mehmonxona faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha bir qator o‘quv seminarlarini o‘tkazdi.
O‘quv seminarlarida oilaviy mehmon uylarini boshqarishni rejalashtirgan 200 ga yaqin tadbirkor, shuningdek, 100 ta turoperator va gidlar ishtirok etishdi. Seminarlarda mahalliy aholiga mehmon uylarini tashkil qilish asoslari, biznesni boshqarish, marketing, hisobot berishning asosiy shakllari, xarajatlar va daromadlarni rejalashtirish o‘rgatildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishdi, milliy va yevropa taomlari taomnomasini tuzishdi.
O‘tkazilgan tadbirlardan so‘ng, bu hududlarda yangi oilaviy mehmon uylari ko‘paymoqda. Misol uchun, Samarqand viloyati Tersak qishlog‘ida, seminar va treninglardan so‘ng, 35 dan ortiq oilaviy mehmon uylari, Zomin tumanida bir necha oy ichida 40 ga yaqin uylar ochildi, Bugungi kunga kelib, bunday uylar soni umumiy hisobda 80 tani tashkil etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu turar joy binolari turistlarga turar joydan tashqari dam olish uchun xizmatlar taklif qilishi mumkin: milliy taomlarni tayyorlash, xalq amaliy san’ati mahsulotlarini tayyorlash, mahalliy diqqatga sazovor joylarga kuzatib borish va mahalliy aholi hayoti va madaniyatini namoyish etish bo‘yicha mahorat darslarini.
Media-tur dasturi doirasida ishtirokchilar Jizzax viloyati Zomin tumani mehmon uylari, Samarqand viloyati Konigil va Tersak qishloqlari faoliyati bilan tanishdilar, shuningdek, Zomin milliy tabiiy bog‘i, Peshg‘or g‘ori va “Xo‘jai serob ota” maqbarasi kabi hududlarning turistik joylariga tashrif buyurdilar. Tadbirning asosiy maqsadi milliy taomlarni tayyorlash jarayoni, mahalliy keklarni pishirish, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash, sariyog‘, qaymoq va boshqa oilaviy mehmon uylarining faoliyati bilan tanishish edi.

Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.