O‘zbekistonda 11 davlatdan kelgan sayohatchilar uchun 10 kunlik karantin bekor qilindi
Oʻzbekiston Respublikasida Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Misr, Isroil Italiya, Niderlandiya va Chexiya kabi davlatlardan kelgan fuqarolar uchun uyida yoki mehmonxonada 10 kunlik majburiy karantin bekor qilindi.
Bu talab O‘zbekistonda Omikron koronavirus shtammi Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalishi munosabati bilan 2021-yil 3-dekabrdan joriy etilgan edi.
O‘zbekiston shuningdek, Gonkong, Botsvana, Zimbabve, Lesoto, Madagaskar, Mozambik, Namibiya, Esvatini, Tanzaniya va Janubiy Afrika Respublikasi bilan muntazam reyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali mamlakatga kirish) tiklamoqda, ular ham o‘tgan yilning dekabrida bekor qilingan edi. Endi oxirgi 14 kun ichida ushbu davlatlarga tashrif buyurgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston hududiga erkin kirishlari mumkin.
Shuningdek, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor bilan muloqotda boʻlgan fuqarolar uchun karantin muddati 14 kundan 7 kunga qisqartirilgan.
Xavfsiz turizm
Endi, sayyohlarga O‘zbekistonda sayohat qilish ancha qulay bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV xavfsiz turizmning ta’minlashni muvofiqlashtirirsh boshqarmasi qoshida yagona “Call -markazi” o‘z faoliyatini boshladi. “Call -markazi” ga “1173” raqamni terib murojaat qilish mumkin. Bundan tashqari, ushbu raqamga, respublikaning istalgan hududidan telefon qilish mumkin.
Call-markazning asosiy vazifalariga, telefon orqali sayyohlarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor tarzda ichki ishlar organlarining vakolati doirasida zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etishdir.
Call-markaz, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan va Toshkent shahri IIBB, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining Ichki ishlar bo‘limlari mintaqaviy xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarining navbatchi qismlari bilan bog‘langan.
Yangi Qaror
2020-yil 19-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat‘iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Mamlakat iqtisodiyoti va ichki turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim bo‘lgan ushbu hujjat O‘zbekiston dunyoga eng xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida ochilayotganligini tasdiqlaydi.
Sayyohlar uchun O‘zbekistonda qulay va xavfsiz bo‘lishiga ta’sir qiluvchi asosiy chora-tadbirlar:
Xavfsiz sayohat kafolatlanadi
Turistlar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish maqsadida, O‘zbekistonda "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" loyihasi ishlab chiqildi. U sayyohlar uchun jahon andozalariga asoslangan yangi sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimidir. Ya’ni, siz mamlakat bo‘ylab iloji boricha xavfsizroq sayohat qilishingiz mumkin bo‘lib, barcha turizm ob’yektlarida sanitariya-gigiyena standartlarining yagona talablari joriy etiladi.
Yangi qarorga muvofiq, sayyohlarning O‘zbekistonda xavfsiz qolishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Masalan, agar chet ellik sayyoh O‘zbekistonga safari paytida COVID-19 bilan kasallansa, uning davolanishiga 3000 AQSH dollargacha kompensatsiya ajratiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha "Uzbekistan – hope and healing land" — "O‘zbekiston — umidli va shifobaxsh zamin" dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyiha doirasida chet el fuqarolariga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari tizimlashtirilib kengaytiriladi. Pandemiya paytida chet ellik sayyohlarni qabul qila oladigan barcha sog‘liqni saqlash muassasalarining yagona reyestri yaratiladi.
“Ochiq osmon” rejimi
1-avgustdan boshlab Andijon, Buxoro va Urganch aeroportlari xalqaro aviakompaniyalar uchun to‘liq ochiladi. Beshinchi darajali "havo erkinligi" belgilanadi. Reyslar soni va yo‘nalishlar bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlanadi. Shu tariqa, xorijiy loukosterlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Ushbu rejim 3 yil muddatga (ichiga olib) joriy qilinadi.
Xorijlik sayyohlarni O‘zbekiston mintaqalari tarixi bilan tanishtirish uchun, misol tariqasida, Andijon xalqaro aeroportiga taniqli davlat arbobi, buyuk shoir va sarkarda, Amir Temur avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilmoqda.
Turistik zonalarning ochilishi
Ayni paytda "Chorvoq" erkin turistik zonasi, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi, xususan, Zomin tumanidagi zonalarda pandemiya sharoitida infratuzilmani takomillashtirish va yangi sayyohlarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi pandemiya davrida ushbu zonalar faoliyatini kuzatib boradi, xususan, tabiatni muhofaza qilish zonalari, suv havzalari va o‘rmon xo‘jaliklarini o‘rganadi.
"Uzbekistan – my second home" – "O‘zbekiston - mening ikkinchi uyim"
O‘zbekistonda yangi "Uzbekistan – my second home" – "O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim" immigratsion vizasi ishlab chiqilmoqda. Mamlakat hukumatiga ikki oy ichida chet el fuqarolarining O‘zbekistonda yashashlari uchun immigratsion vizalarning yangi turini ishlab chiqish rejasini ishlab chiqish topshirildi. Viza yuqori daromadli, yuqori akademik bilimlarga, yaxshi hayotiy ko‘nikma va qobiliyatlarga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
Mehmonxonalar va turistik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining faoliyati. Sharoitlar.
COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika komissiyasining qaroriga binoan, "yashil" va "sariq" zonalarda mehmonxonalar va boshqa turistik xizmat ko‘rsatish punktlari faoliyatiga quyidagi sanitariya sharoitlari hisobga olingan holda ruxsat etiladi:
Xonalar, konferens-zallar, kutish xonalari, zinapoyalar, liftlar, sanitariya-gigiyena punktlari har 8 soatda, umumiy foydalanishdagi buyumlar va moslamalar har 2 soatda dezinfeksiya qilinadi;
Umumiy foydalanish joylari (liftlar, sanitariya-gigiyena punktlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va umumiy ovqatlanish joylari)ni antiseptik vositalar bilan ta’minlash. Bu yerda bir necha tillarda doimiy ravishda qo‘llarni dezinfeksiyalash zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi lozim.
Tana haroratini muntazam ravishda o‘lchash va mehmonxonaga kiraverishda tashrif buyuruvchilarning qo‘llarini zararsizlantirish, mehmonxona xodimlari va mehmonlarini individual vositalar (niqoblar, qo‘lqoplar, antiseptiklar) bilan ta’minlash.
Bir xonada 2 kishidan ko‘p bo‘lmasligi, bitta oila vakillari soni 3 nafardan oshmasligi kerak.
Mehmonxona tibbiy xodimlarining uzluksiz ishlashi.
O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat kundan-kunga yaxshilanmoqda, shuning uchun saytdagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib turadi.
Bizni kuzatib boring va har doim eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh
Thanks for your blog Lots of nice words in this article , nice to read , Do not stop.