Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistonda Ipak yo‘lining qadimiy shaharlari bo‘ylab sayyohlik ekspresi yo‘lga qo‘yildi

13.04.2023 909

12-aprel kuni O‘zbekistonda qadimiy Sharq uslubidagi ilk sayyohlik tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Germaniyaning Lernidee Erlebnisreisen sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Sharqona ekspress O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro bog‘laydi: “Toshkent – Buxoro – Xiva – Samarqand – Qamashi – Kitob – Turkiston – Bishkek – Olmaota”.

Ajoyib ekspress G‘arb va Sharq madaniyatlarining haqiqiy uyg‘unligidir. Vagonlarning aksariyati milliy uslubda jihozlangan, devorlari o‘zbek miniatyurasi naqshlari bilan bezatilgan, derazalarga - adras pardalar, oyoq ostiga sharqona naqshlar tushirilgan qizil gilamlar to‘shalgan. Bundan tashqari, har bir vagonda dush, hojatxona, televizor, shkaf va boshqa zarur narsalar mavjud.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, qadimiy Sharq muhitini tashuvchi jami 10 ta shunday xalqaro turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Sharqona expressning birinchi yo‘lovchilari Germaniya, Shvetsiya, Angliya, Lyuksemburg, Kanada, Indoneziya va Irlandiyadan kelgan sayyohlar bo‘ladi.

Navbatdagi turistik charter poyezdlarini 2023-yil avgust-oktyabr oylarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar