Foto va Video

O‘zbekistonda masjidlar soni 2100 dan oshdi

15.12.2021 4755

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi masjidlar soni 2100 dan oshdi. Qoraqalpog‘istonda yangi “Yusuf ota” masjidi qurildi.

Chimboy tumanida (Kenes qishlog‘i) yangi masjid qurilishi 2020-yilda boshlangan. Joriy yilning 10-dekabr kuni yangi masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Masjid mahalliy tadbirkorlar va aholi tomonidan hashar yo‘li bilan barpo etildi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda 58 ta masjid mavjud bo‘lsa, Qanliko‘l tumanidagi “Qo‘s jap” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi “Otajon Xo‘ja” jome masjidi joriy yilning dekabr oyida ochilgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda jami masjidlar soni 2101 taga yetdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing