Bu haqda, bugun “Courtyard by Marriott Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan “Gross Insurance” kompaniyasining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha yangi “Gross Mobile” mobil ilovasining taqdimotida e’lon qilindi.
Yangi charter reysi, joriy yilning mart oyidan yo‘lga qo‘yiladi. Misrga parvozlar, har 10 kunda, milliy aviakompaniyaning “Airbus 320 NEO” bortida amalga oshiriladi.
Gross Insurance kompaniyasi, sayyohlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish uchun “Gross Mobile” mobil ilovasini ishlab chiqdi. SOS tugmasi yordamida, sayyohlar bir zumda kecha-kunduz qo‘llab-quvvatlash markazining operatori bilan ulnishlari mumkin. Markaz xodimlari, joylashgan joylaridan qat’iy nazar, ularga tezkor va malakali yordam ko‘rsatishadi. Ilova, sayyohning qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’iy nazar, uning joylashgan joyini avtomatik ravishda aniqlaydi.
O‘zbekiston hududida joylashgan kompaniya sug‘urta polisi egalari ham, “Gross Mobile” ilovasidan foydalanishlari mumkin. Ular, eng yaqin klinika yoki dorixonani topish, shifokor qabuliga yozilish va yo‘llarda YTH yuz berganda tez yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilish funktsiyalaridan foydalanishlari mumkin.
Ilovani IOS va Android uchun havolasi orqali yuklab olish mumkin.
Tadbir, “Gross Insurance” sug‘urta kompaniyasi, “Prestige Travel” turoperatori, qabul qiluvchi mamlakat “Sun International” (Misr) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh