O‘zbekistonda sarguzasht turizmi bo‘yicha davlat standarti qabul qilindi

06.02.2023 1370

Ma’lumki, biz yangi taassurotlar, kashfiyotlar va sarguzashtlar uchun sayohat qilamiz, ularsiz bizning sayohatimiz ma’nosiz tuyuladi. Axir, tavakkalsiz va sarguzashtlarsiz sayohat chet elga yana bir samarasiz tashrifga aylanishi mumkinda.

O‘zbekiston kashf qilinmagan go‘shalar, betakror tabiat va sarguzasht turizmi uchun ajoyib imkoniyatlarga boy. Mamlakatimiz o‘zining bepoyon va xilma-xil landshaftlari tufayli ekstremal sport turlari uchun ko‘plab yo‘nalishlarni taklif etadi. Ulardan eng mashhurlari: ekstremal chang‘i, snoubord, mototsikl poygalari (Motorcycle racing), rally (Rallying), motokross, skeytbording, tog‘ velosipedi, qoyaga chiqish, kanyoning va paraplanda parvoz kabilar. Bundan tashqari, Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlari bo‘ylab sayohat qilish, o‘tov lagerida to‘xtash va shaffof suvli musaffo ko‘llar sohilidagi chodirda tunab qolish mumkin.


Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi, xususan, STQ 4 “Turizm va madaniy meros” Standartlashtirish texnik qo‘mitasi tomonidan O‘zDst ISO 21101:2022 (ISO 21101:2014, IDT) “Sarguzasht turizmi”. Xatarlarni boshqarish tizimi. Talablar” davlat standarti ishlab chiqilgan.

Ushbu standart sarguzasht turizmi provayderlari uchun xavfsizlikni boshqarish tizimiga talablarni belgilaydi. Yagona standart gidlar va provayderlar tomonidan xavfsizlik samaradorligini oshirish, ishtirokchilar va xodimlarning xavfsizligi bo‘yicha talablarni qondirish, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashda qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu standartdan turli xil geografik, madaniy va ijtimoiy sharoitlarda ishlaydigan provayderlar foydalanishi mumkin.

Standart 2023-yil 18-apreldan boshlab amal qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing