Foto va Video

O‘zbekistonda sharob turizmi rivojlanadi

09.07.2021 806

Mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev uzumchilikni rivojlantirish, uzumni sanoat darajasida qayta ishlash va enoturizmni ommalashtirishga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida tegishli topshiriqlar berdi.

Enoturizm (yoki sharob turizmi) sharobni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarilgan joydan tatib ko‘rish va sotib olishning yangi turlaridan biri hisoblanadi. Enoturizm-sharob ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurish, sharobni tatib ko‘rish, uzumzorlar bo‘ylab yurish va ba’zan hosilni yig‘ishda faol ishtirok etish kabi tashkiliy masalalarni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda bog‘dorchilik ekinlari savdosi bo‘yicha uzum jahon bozorida uchinchi o‘rinni egallaydi va unga bo‘lgan talab kuniga o‘rtacha 350 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘zbekistonda uzum eksportining salohiyati qariyb 600 million AQSH dollariga, mayiz 500 million AQSH dollariga, sharob esa 100 million AQSH dollarga baholanmoqda.


Davlatimiz rahbari sharob plantatsiyalariga xizmat ko‘rsatish sohasida infratuzilmani yaratish, xususan, uzumni yig‘ish va qayta ishlash, tayyor mahsulotni yaratish va eksport qilish kabi to‘liq jarayonni yaratish uchun uzum klasterlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratdi.

Yangi tokzorlarni yaratish va yangilash uchun rag‘batlantirish sifatida yangi plantatsiyalar uchun har gektariga 10 million so‘m miqdorda subsidiyalar taqdim etiladi. Yangi uzum plantatsiyalarini barpo etishni moliyalashtirish uchun banklar tomonidan 100 million dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing