O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi

12.08.2022 1195

Joriy yilning 1-7-noyabr kunlari mamlakatimizning bir necha hududlarida Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi.


Xalqaro haftalik doirasida ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, tematik suvenir mahsulotlari targ‘iboti o‘tkaziladi. Tadbir ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda:

- Samarqand shahridagi yangi “Silk Road” sayyohlik markazida Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligining rasmiy ochilishi, “O‘zbekistonning islom merosi” anjumani, milliy kuy va qo‘shiqlar festivali (Tadbirning birinchi kuni – 1-noyabr);

- Registonda “Koʻngil ohanglari” festivali, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat (Tadbirning ikkinchi kuni – 2-noyabr);

- “Mir Arab madrasasi bitiruvchilari” forumi, Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat (Tadbirning uchinchi kuni – 3-noyabr);

- Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida “Zamonaviy islom me’morchiligi” va Buxoro shahridagi “Naqshband” hunarmandchilik markazida “Islom xattotligi va dekorativ dizayni” ko‘rgazmalari (Tadbirning to‘rtinchi kuni – 4-noyabr);

– Ichan qal’a markazida “Mahmud az Zamaxshariy ilmiy merosi”ga bag‘ishlangan anjuman, “Xiva – islom olami turizmi poytaxti” mavzusiga bag‘ishlangan “Jahon ustalari” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari va turli xalqlar amaliy san’at ustalari va hunarmandlarining yarmarkasi, Xivada “Najmiddin Kubro ko‘rsatmalari” konferensiyasi (Tadbirning beshinchi kuni – 5-noyabr);

- “Islom iqtisodiyoti” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati, “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi, Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasiga ekskursiya (Tadbirning oltinchi kuni – 6-noyabr);

- “Tashkent City” kongresslar zalida “Halol turizm” anjumani, “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Halol taomlar” festivali, Xalqaro ziyorat turizmi haftaligining yopilish marosimi, “Tashkent City”da gala-konsert (Tadbirning so‘nggi kuni – 7-noyabr).


Shuningdek, haftalik doirasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida mazkur voqealarni har tomonlama yorituvchi matbuot anjumanlari va brifinglar o‘tkazish rejalashtirilgan.


Ta’kidlash joizki, Xalqaro haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatidan yanada samarali foydalanish, O‘zbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon etish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing