O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

01.11.2022 1851

O‘zbekiston - ming yillik tarixga ega o‘lka, qadimiy me’morchilik va jahon sivilizatsiyalari markazi. Mamlakatimiz doimo ko‘plab madaniyatlar va tamaddunlar chorrahasi bo‘lib kelgan, shu tufayli zamonaviy O‘zbekiston hududida turli dinlarga mansub noyob yodgorliklar saqlanib qolgan.


1-noyabrdan 3-noyabrgacha O‘zbekistonning bir nechta shaharlari: Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkentda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Haftalik tashkilotchilari boy madaniy va ishbilarmonlik dasturini tayyorladilar.

Haftalik dasturidan ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Samarqand shahridagi yangi “Silk Road” sayyohlik markaziga tashrif, “Xiva - islom olami turizmi poytaxti” mavzusida Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi, “Jahon ustalari” yarmarkalari, shuningdek, muqaddas qadamjolarga ziyorat qilish o‘rin olgan.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekistonning to‘rt viloyati hokimliklari va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.

Haftalikning batafsil dasturi bilan https://t.me/ZiyarahTourism rasmiy kanalida tanishishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing