O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, viloyat va shaharlarning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan videoroliklar tanlovi eʼlon qilinadi!

15.09.2022 1168

Tanlov 2022-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar o‘tkaziladi.


Tanlov doirasida ishtirokchilar, o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #yoshlartravel, #uzbtravel #uzbekistantravel #TITF_2022 heshteglari bilan eʼlon qilingan video materiallarni joylashtiradi.

G‘oliblar ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, TikTok) joylashtirilgan video materiallarga to‘plangan “like”lar soni bo‘yicha aniqlanadi.

Ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqda joylashtirayotgan videoroliklari bo‘yicha quyida keltirilgan ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga (Instagram - @uzb_travel, Facebook – Uzbekistan Travel va Tiktok - uzb.travel) obuna bo‘lishlari lozim.

Tanlovda har bir ijtimoiy tarmoq bo‘yicha (Facebook, Instagram, TikTok) 1 nafardan g‘oliblari aniqlanadi va umumiy hisobda 3 ta ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan g‘oliblik sertifikati va notebook (i5/15.6 FHG/8GB DDR4 3200/SSD 256GB litsenziyalangan windows 10) topshiriladi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2022-yil 30-noyabrdan – 2 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadigan Ipak yo‘lidagi turizm-2022 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu havola orqali Tanlov Nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing