Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistondagi Ramazon an’analari turk OAV e’tiborida

28.02.2026 84

Turkiya ommaviy axborot vositalari Ramazon oyi bilan bog‘liq O‘zbekistonning milliy an’analariga katta qiziqish bildirdi. Mashhur onlayn nashrlardan birida o‘zbek xalqining madaniyati, milliy taomlari hamda oilaviy urf-odatlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda Ramazon oyida mamlakatda hukm suradigan mehmondo‘stlik muhiti, ma’naviy birlik va asrlar davomida shakllangan qadriyatlar alohida ta’kidlangan.

Maqolada iftorlik va saharlik dasturxonida muhim o‘rin tutadigan milliy taomlarga ham keng e’tibor qaratilgan. Jumladan, palov, nisholda va patir Ramazon davrining ajralmas taomlari sifatida tilga olingan. Palov o‘zbek mehmondo‘stligining ramzi sifatida qayd etilgan bo‘lsa, nisholda aynan bahor va Ramazon davrida tayyorlanadigan an’anaviy shirinlik sifatida ta’riflangan.

Shuningdek, non tayyorlash an’analari va ularning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgani ham alohida qayd etilgan. Turk jurnalistlari o‘zbek nonlarining o‘ziga xos ta’mi nafaqat mahsulotlarga, balki boy madaniy merosga ham bog‘liqligini ta’kidladi. Mazkur maqola xorijiy OAVning O‘zbekiston madaniyati va an’analariga qiziqishi ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Manba: https://www.gzt.com/dunya/ozbekistanda-ramazan-hazirliklari-yuzyillik-tatlar-ve-gelenekler-3794062

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar