O’zbekistonga kelgan sayyohlar qancha pul sarflashadi. Turizm va madaniy meros vazirligi mamlakatga kelayotgan sayyohlar soni ortgani haqida hisobot taqdim etdi.

13.04.2022 1645

Turizm va madaniy meros vazirligi turli mamlakatlardan kelgan sayyohlarning sarflagan mablag‘lari bo‘yicha hisobot taqdim etdi. Vazirlik tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq xorij davlatlaridan kelgan sayyohlar – eng saxovatli bo‘lib chiqishdi, ular bir sayohatga o‘rtacha 709,4 dollar sarflashadi.

MDH mamlakatlari, xususan, Rossiya, Ukraina, Belarus, Armanistondan kelgan sayyohlarning har bir sayohati uchun o‘rtacha xarajatlari 635 AQSh dollarini tashkil etadi. Qozog‘istonlik sayyohlar har bir sayohatga qariyb – 158,3 dollar, Turkmanistonliklar – 104,6 dollar, Qirg‘izistonliklar – 99,3 dollar, Tojikistonliklar – 60,4 dollar sarflaydi. Bu esa ushbu mamlakatlardan kelgan turistlarning O‘zbekistonda qisqa muddat qolishlari va sayohat qilishlari bilan bog‘liqdir.

Shu bilan birga, MDH davlatlaridan kelayotgan sayyohlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, turistik sayohatlarning katta qismi temir yo‘l va avtomobil transportiga nisbatan ko‘proq havo transportida amalga oshiriladi.

Covid-19 bilan bog‘liq global pandemiyani yengish bo‘yicha dunyoda paydo bo‘layotgan tendensiyalar munosabati bilan, yaqin kelajakda turistlar oqimi yiliga kamida 30%dan o‘sish sur’ati bilan sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Masalan, shu yilgi bir Mart oyi ichida O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasidan 16 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi.

Yangi imkoniyatlar qo‘shimcha xalqaro havo yo‘lovchi tashishini, milliy aviatashuvchilarni parvozlar geografiyasini kengaytirishni hamda xorijiy aviakompaniyalarni, ayniqsa, arzon transport yo‘nalishlarini jalb qilishni talab etadi.

Qo‘shimcha sayyohlar oqimini jalb qilish uchun ekspertlar mavjud reyslar bilan bir qatorda Afina, Varshava, Praga, Amsterdam, Madrid, Doha, Qohira, Abu-Dabi, Tehron, Maskat, Guanchjou, Shanxay, Nagoya, Osaka, Kiev va Qarag‘anda yo‘nalishlaridagi parvozlarni yo‘lga qo‘yish yoki tiklash zarurligiga urg‘u burishmoqda.

Shuningdek, Rossiyaning Orenburg, Volgograd, Xabarovsk, Kemerovo, Nijnevartovsk, Murmansk, Nijniy Novgorod, Surgut, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Omsk va Barnaul shaharlaridan sayyohlik oqimi uchun ulkan salohiyat mavjud.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning ko‘plab mahalliy aeroportlari xalqaro aviauchishlarga jalb etilganligi sababli O‘zbekiston shaharlaridan: Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus aeroportlaridan xalqaro reyslar sonini sezilarli darajada oshirish zarur.

Milliy aviatashuvchi tomonidan aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish va xorijiy loukoster aviakompaniyalarni jalb etish, aviachiptalar mavjudligini ta’minlash, yerda xizmat ko‘rsatish xarajatlarini pasaytirish O‘zbekistonda turizm sohasini tez tiklashni va sayyohlar soni 6,7 milliongacha yetishiga imkon yaratadi – deyildi  Turizm va madaniy meros vazirligining saytida.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing