Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekistonga xokkey orqali

15.02.2025 126

“Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi delegatsiya, mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida, 6 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan “Fetisov Arena” muz saroyida “Admiral” va “Avtomobilist” jamoalari o‘rtasidagi xokkey o‘yini davomida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, madaniyati va an’analarini taqdim etdi.

“Fetisov Arena”ga kirish joyida barcha mehmonlar o‘zbek milliy taomi - palovning tayyorlanish jarayonini kuzatishlari, shuningdek, uni tatib ko‘rishlari mumkin edi. Bundan tashqari, xalq hunarmandchiligi buyumlari va O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini aks ettiruvchi axborot stendlari namoyish etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing