Foto va Video

O‘zbekistonlik sportchilar Rossiyada akrobatika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

1700

2022-yilning 2-7-fevral kunlari Rossiyaning Oktyabrsk shahrida bo‘lib o‘tuvchi sport akrobatikasi bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi.

Akrobatika gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi bo‘lib – akrobatik tarzda sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlash orqali bajariladigan mashqlar shuningdek, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi jamlangan sport turi hisoblanadi.

O‘zbekistonda gimnastika sporti tarixi 1904-yil “Gimnastika va jismoniy mashqlarni sevuvchilar jamiyati” tashkil etilishi bilan boshlangan. 1912-yilga kelib esa Qo‘qon, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida birinchi gimnastika jamiyatlari shakllana boshladi.

1915-yilda Toshkentda ayollar gimnaziyasida birinchi gimnastika kurslari ochildi. Bu kurslarni keyinchalik O‘zbekistonda gimnastika rivoji uchun katta hissa qo‘shgan Polina Vladimirovna Garfung tamomlagan. Badiiy gimnastika boshqa sport turlari kabi keng xalq ommasining mulkiga aylandi. Jismoniy tarbiya va sport orqali aholi salomatligini mustahkamlash davlat darajasiga molik vazifalar qatoriga kirdi.

6-kun davom etuvchi ushbu sport musobaqasida sportchilarimizga ulkan g‘alabalar tilab qolamiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring