Foto va Video

O‘zbekistonlik sportchilar Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadilar

20.08.2021 657

Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi 2021-yilning 30-avgustidan 6-sentabriga qadar Qozog‘iston Respublikasining Qarog‘onda shahrida yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib unda, milliy terma jamoa 13 kishilik tarkibda qatnashuvchi sportchilarimiz birinchilik uchun kurash olib boradilar.

Musobaqa 4 ta shart asosida o‘tkaziladi:

- 4x100 metrli yong‘in-qutqaruvchilar estafetasi;

- ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish;

- 100 metrga to‘siqlar osha yugurish;

- jangovar yoyilish.

2019 yilning 8-16-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida o‘tkazilgan yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan XV jahon chempionatining 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, 8 ta bronza va uchinchi darajali kubok bilan taqdirlangan edilar.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning noyabr oyida Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti bo‘yicha xalqaro konferensiya Toshkent shahrida hamda 2022-yilning sentabr oyida Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti bo‘yicha Jahon chempionati Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing